O‘zbekiston va Xitoy kovidga qarshi Omicron-Delta oqsil vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Yangi vaksina koronavirusning delta va omikron mutatsiya shtammlari uchun mo‘ljallangan. Ikki mamlakat COVID-19`ga qarshi «samarali va uzoq muddatli himoya vaksinasini yaratishga umid qilmoqda».
6 sentyabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 22 mln 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkita dozasi bilan emlangan. Keyinroq viloyat rahbari «Sputnik V» vaksinasini ham qabul qilganligi ma’lum bo‘ldi. Bunga unda antitanachalar ko‘tarilmaganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha xil vaksina bilan emlanishda nojo‘ya ta’sirlar xavfi borligi haqida ogohlantirib, fuqarolardan «o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini» so‘ragan edi.
Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori Shahlo Turdikulova «Gazeta.uz»ga nima sababdan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining uchinchi bosqich klinik sinovlari yakuniga yetmasdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlab yuborilgani hamda pereparatning samaradorligi qay darajada ekanligi haqida so‘zlab berdi.
O‘zbek-xitoy olimlari hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 mln dozada O‘zbekistonga olib kelindi.
Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligidagi vaksina 27 mart kuni O‘zbekistonga olib kelinishi kutilmoqda. Mazkur vaksina 95 foizlik samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilingan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting